MAHALLIY SHAROITDA SUV TEJOVCHI TEXNOLOGIYALARNI KOʻP MEZONLI BAHOLASHNING IQTISODIY YOʻNALTIRILGAN GIBRID MODELI VA UNING AMALIY QOʻLLANILISHI

Read full text
Authors: Mirzayeva Shaxnoza Mamat qizi
Cited by: 0

Abstract

Markaziy Osiyoning arid hududlarida suv resurslarining degradatsiyasi qishloq xo‘jaligi barqarorligiga jiddiytahdid solmoqda. Irrigatsiya umumiy suv iste’molining 80–90% ini tashkil etadi, sho‘rlanish va yer osti suvlari darajasiningpasayishi esa hosildorlikni 15–45% ga kamaytirmoqda. Tadqiqotda mahalliy sharoitda suv tejovchi texnologiyalarnitanlash uchun iqtisodiy yo‘naltirilgan fuzzy-AHP–TOPSIS–DEA gibrid modeli ishlab chiqildi va Xorazm hamda Farg‘onaviloyatlari ma’lumotlari asosida sinovdan o‘tkazildi.Model iqtisodiy mezonlarga 60%, ekologik omillarga 25% va ijtimoiy-texnik mezonlarga 15% og‘irlik beradi. Natijalarshuni ko‘rsatdiki, tuproq namligi sensorlari bilan jihozlangan tomchilatib sug‘orish tizimi eng yuqori kompleks bahogaega (TOPSIS = 0,82; DEA = 1,00), IRR 23,4%, NPV 1 320 USD/ga (10 yil, 7% diskont). Suv unumdorligi 47% ga oshib,sho‘rlanish ΔECe = –1,2 dS m⁻¹ ga kamaydi.Monte-Karlo simulyatsiyasi (10 000 iteratsiya; ±25% narx va iqlimiy o‘zgarishlar) modelning 94% holatda barqarorliginitasdiqladi. 35% subsidiya sharoitida texnologiya qamrovi 18% dan 68% ga oshishi va yillik 620 mln USD makroiqtisodiyfoyda keltirishi mumkin. Taklif etilgan model suv tanqisligi sharoitida agrar siyosatni optimallashtirish uchun ilmiy asosyaratadi.

Fields of Study & Subjects

Multi-Criteria Decision Making Engineering and Agricultural Innovations Irrigation Practices and Water Management

Publication details

Publication date
1 February 2026
Language
UZ