BOLALARDA YO'G'ON ICHAKNING UZAYISHI VA FIKSATSIYA BUZILISHINING SUBKOMPENSATSIYALANGAN VA DEKOMPENSATSIYALANGAN SHAKLLARIDA ICHAK DEVORINING GISTOMORFOLOGIK XUSUSIYATLARI
Abstract
Bolalarda yo‘g‘on ichakning uzayishi va fiksatsiya buzilishi bilan kechuvchi patologiyalar bolalar jarrohligi va pediatriyada murakkab diagnostik va davolash muammolaridan biri hisoblanadi [1,4,5]. Ushbu holatlar ko‘pincha ich qotishi, qorin og‘rig‘i, meteorizm va defekatsiya buzilishlari bilan namoyon bo‘lib, uzoq vaqt davomida funksional ichak buzilishlari sifatida baholanadi [2,9]. Amaliyotda kasallikning klinik kechishiga qarab subkompensatsiyalangan va dekompensatsiyalangan shakllari farqlanadi [7,8]. Subkompensatsiyalangan shakllarda ichak faoliyati nisbatan saqlangan bo‘lib, klinik belgilar davriy va kamroq ifodalangan bo‘ladi [2,6]. Dekompensatsiyalangan shakllarda esa ichak motorikasi keskin buziladi, konservativ davolash samarasiz bo‘ladi va asoratlar rivojlanish xavfi ortadi [5,8,10]. Biroq ushbu klinik farqlar ortida ichak devorida kechayotgan gistomorfologik o‘zgarishlar yetarli darajada tahlil qilinmagan [6,7]. Ichak devorining morfologik holatini chuqur o‘rganish kasallik bosqichini aniqlash, konservativ davolash imkoniyatlarini baholash va jarrohlik aralashuviga o‘z vaqtida o‘tish uchun muhim ahamiyatga ega [3,5]. Shu sababli subkompensatsiyalangan va dekompensatsiyalangan shakllarda yo‘g‘on ichak devorining gistomorfologik xususiyatlarini qiyosiy tahlil qilish dolzarb masala hisoblanadi [6,7].
Fields of Study & Subjects
Gastrointestinal motility and disorders
Intestinal Malrotation and Obstruction Disorders
Gastrointestinal disorders and treatments
Publication details
- Journal / source
- Zenodo (CERN European Organization for Nuclear Research)
- Publication date
- 17 February 2026
- Document type
- Dataset