ORTTIRILGAN YURAK NUQSONLARI. ETIOLOGIYA, PATOGENEZI. TASNIFI VA KLINIK MANZARASI. ZAMONAVIY DAVOLASH USULLARI
Abstract
Ushbu ishda orttirilgan yurak nuqsonlarining kelib chiqish sabablari, rivojlanish mexanizmlari, klinik belgilari hamda zamonaviy tashxis va davolash usullari yoritilgan. Orttirilgan yurak nuqsonlarining yurak klapanlari va yurak tuzilmalarida yuzaga keltiradigan anatomik va funksional o‘zgarishlari, ularning gemodinamik buzilishlarga olib kelishi ilmiy asosda bayon etilgan. Revmatik isitma, infeksion endokardit, degenerativ-distrofik jarayonlar va boshqa etiologik omillarning ahamiyati tahlil qilingan. Shuningdek, kompensator va dekompensator mexanizmlar, yurak yetishmovchiligi rivojlanish bosqichlari ham ko‘rib chiqilgan. Ushbu ish orttirilgan yurak nuqsonlarini erta aniqlash va samarali davolashning ahamiyatini ochib berishga qaratilgan.
Fields of Study & Subjects
Cardiac Valve Diseases and Treatments
Cardiovascular Function and Risk Factors
Heart Failure Treatment and Management
Publication details
- Journal / source
- Zenodo (CERN European Organization for Nuclear Research)
- Publication date
- 31 January 2026