O'ZBEK VA INGLIZ MATBUOT DISKURSIDA QO'LLANILGAN YURIDIK TERMINLARNING PRESUPPOZITSION VA IMPLIKATURA XUSUSIYATLARI

Read full text
Authors: Usmonova Oyshajon Rozmatovna
Cited by: 0

Abstract

Zamonaviy pragmalingvistika va diskurs tahlilida yuridik terminlarning kommunikativ imkoniyatlarini o‘rganish muhim ilmiy yo‘nalishlardan biri hisoblanadi. Matbuot diskursida qo‘llaniladigan huquqiy terminlar nafaqat axborot uzatish vositasi, balki yashirin ma’no, oldindan qabul qilingan bilimlar va kontekstual xulosalarni shakllantiruvchi pragmatik birlik sifatida namoyon bo‘ladi. Mazkur tadqiqot o‘zbek va ingliz gazeta matnlarida qo‘llanilgan yuridik terminlarning presuppozitsion va implikatura xususiyatlarini qiyosiy jihatdan tahlil qilishga qaratilgan. Tadqiqot jarayonida pragmatik, diskursiv va qiyosiy-tahliliy metodlardan foydalanildi. Natijalar shuni ko‘rsatadiki, o‘zbek matbuotida yuridik terminlar asosan presuppozitsiyaga tayangan holda qo‘llanilib, o‘quvchining huquqiy fon bilimiga tayanadi, ingliz matbuotida esa implikatura orqali baholovchi va tanqidiy ma’no ustunlik qiladi. Ushbu farq milliy jurnalistika an’analari va huquqiy diskursning ijtimoiy funksiyasi bilan izohlanadi.

Fields of Study & Subjects

Linguistics and Discourse Analysis linguistics and terminology studies Legal Language and Interpretation

Publication details

Journal / source
Zenodo (CERN European Organization for Nuclear Research)
Publication date
10 February 2026
Language
UZ