GIBRID ENERGIYA TA'MINOTIDA HUJUMLARNI SUN'IY INTELLEKT YORDAMIDA ANIQLASH USULLASI

Read full text
Authors: Akmaljon Abduxoliq o'g'li Abdumalikov, Bunyod Abduvakilovich Abduvakilov
Cited by: 0

Abstract

Mazkur maqolada aqlli tarmoqlar va IoT muhitlarida gibrid energiya ta’minoti tizimlarining kiberxavfsizligini ta’minlash hamda hujumlarni sun’iy intellekt asosida aniqlash masalalari kompleks yondashuv asosida tadqiq etilgan. Zamonaviy energiya infratuzilmalari murakkablashib borayotgan sharoitda zararli va zararli bo‘lmagan tahdidlarning tizim barqarorligiga ta’siri tahlil qilinib, ularni erta aniqlash va tasniflashning samarali mexanizmlari asoslab berilgan. Tadqiqotda xususiyatlarni tanlash bosqichida HBA (Honey Badger Algorithm) algoritmidan foydalanish taklif etilib, uning global qidiruv qobiliyati va lokal minimumlardan qochish xususiyatlari yoritilgan. Tasniflash bosqichida esa chuqur o‘rganishga asoslangan CNN va DBN modellarining ansambl integratsiyasi qo‘llanilib, fazoviy va ierarxik xususiyatlarni aniqlash samaradorligi oshirilgan. Shuningdek, CNN–LSTM modeli yordamida quyosh nurlanishini prognozlash, mustahkamlashni o‘rganish asosida ikki o‘qli quyosh kuzatuv tizimini boshqarish hamda Edge AI orqali real vaqt rejimida ishlov berish imkoniyatlari ko‘rsatib berilgan.

Fields of Study & Subjects

Network Security and Intrusion Detection Smart Grid Security and Resilience Internet of Things and AI

Publication details

Journal / source
Zenodo (CERN European Organization for Nuclear Research)
Publication date
31 January 2026