DAVLAT QARZI VA INFLYATSIYA O'ZARO TA'SIRINING XALQARO TAJRIBASI

Read full text
Authors: Anvar Rustamovich Narkuziyev
Cited by: 0

Abstract

Mazkur maqolada davlat qarzi va inflyatsiya o‘rtasidagi o‘zaro ta’sirning xalqaro tajribasi nazariy va empirik jihatdan tahlil qilinadi. Tadqiqotda rivojlangan va rivojlanayotgan mamlakatlar misolida davlat qarzi dinamikasi hamda inflyatsion jarayonlar o‘rtasidagi bog‘liqlik o‘rganilib, fiskal va monetar siyosat uyg‘unligining makroiqtisodiy barqarorlikka ta’siri baholanadi. Xalqaro amaliyot shuni ko‘rsatadiki, davlat qarzining inflyatsiyaga ta’siri bevosita emas, balki byudjet taqchilligini moliyalashtirish usullari, qarzning monetizatsiya darajasi, markaziy bank mustaqilligi va institutsional sifat omillari orqali shakllanadi. Ayrim davlatlarda fiskal dominanta sharoitida qarzning ortishi inflyatsion bosimni kuchaytirgan bo‘lsa, boshqa mamlakatlarda qat’iy pul-kredit siyosati va samarali qarz boshqaruvi inflyatsiyani nazorat ostida ushlab turishga imkon bergan.

Fields of Study & Subjects

Monetary Policy and Economic Impact Fiscal Policies and Political Economy Economic and Fiscal Studies

Publication details

Journal / source
Zenodo (CERN European Organization for Nuclear Research)
Publication date
31 January 2026