RAQAMLI LOGISTIKA PLATFORMALARINI JORIY ETISHNING TRANSPORT SAMARADORLIGIGA TA'SIRI

Read full text
Authors: Izentaeva Guljaha'n Barli'kbaevna
Cited by: 0

Abstract

Ushbu maqolada raqamli logistika platformalarini joriy etishning transport samaradorligiga ta’siri nazariy va empirik jihatdan tahlil qilinadi. Tadqiqot O‘zbekiston transport-logistika tizimida so‘nggi yillarda amalga oshirilayotgan raqamlashtirish jarayonlari, jumladan elektron hujjatlashtirish, real vaqt monitoringi, multimodal boshqaruv va bojxona jarayonlarini avtomatlashtirish mexanizmlariga asoslanadi. Maqolada 2019–2026-yillar dinamikasi asosida yuk tashish hajmi, tranzit vaqti, logistika xarajatlari hamda raqamlashtirish darajasi o‘rtasidagi bog‘liqlik iqtisodiy-statistik usullar yordamida baholanadi. Tahlil natijalari raqamli logistika platformalarining joriy etilishi transport jarayonlarining tezkorligi va shaffofligini oshirishini, tranzit vaqtini qisqartirishini hamda logistika xarajatlarini kamaytirishini ko‘rsatadi. Shuningdek, multimodal integratsiya va axborot almashinuvi tizimlari eksport-import operatsiyalarining samaradorligini oshirib, mamlakatning tranzit salohiyatini kuchaytirishi aniqlangan.

Fields of Study & Subjects

Transport and Logistics Innovations transportation and logistics systems Transportation Systems and Logistics

Publication details

Journal / source
Zenodo (CERN European Organization for Nuclear Research)
Publication date
17 February 2026
Language
UZ