GIPOTERMIK SINDROM KUZATILGAN CHAQALOQLARDA ADAPTATSION MEXANIZMLARNING O'ZIGA XOSLIGI VA ULARNI PARVARISH QILISH USULLARINI TAKOMILLASHTIRISH
Abstract
Neonatal gipotermiya yangi tug‘ilgan chaqaloqlar orasida kasallanish va o‘lim ko‘rsatkichlarini oshiruvchi muhim xavf omillaridan biri hisoblanadi. Ayniqsa, preterm va past vazn bilan tug‘ilgan chaqaloqlarda gipotermik sindrom metabolik, nafas va gemodinamik moslashuv mexanizmlarining buzilishi bilan kechadi. Ushbu tadqiqotning maqsadi gipotermik sindrom kuzatilgan chaqaloqlarda adaptatsion mexanizmlarning xususiyatlarini o‘rganish hamda termoblanketlardan foydalanishning klinik samaradorligini baholashdan iborat. Tadqiqot davomida klinik kuzatuv, laborator va instrumental tekshiruvlar o‘tkaziladi. Olingan natijalar termoblanketlar chaqaloqlarda tana haroratini barqarorlashtirishi, metabolik buzilishlarni kamaytirishi va adaptatsiya jarayonlarini yaxshilashini ko‘rsatadi.
Fields of Study & Subjects
Thermal Regulation in Medicine
Infant Development and Preterm Care
Neonatal and fetal brain pathology
Publication details
- Journal / source
- Zenodo (CERN European Organization for Nuclear Research)
- Publication date
- 17 February 2026
- Language
- UZ
- Document type
- Dataset