BACHADON BO'YNI SARATONINI ETIOLOGIYASI,PATOGENEZI, PRAFILAKTIKASI.

Read full text
Authors: G'ulomjonova Ziyodaxon G'ofurjon qizi, Satibaldiyeva Zebo Shuxratulleyevna, Worldly Knowledge Publishing Centre
Cited by: 0

Abstract

Bachadon bo‘yni saratoni ayollar orasida eng ko‘p uchraydigan onkologik kasalliklardan biridir. Bu kasallik asosan inson papillomavirusi (HPV) bilan uzoq muddatli zararlanish natijasida rivojlanadi. HPVning ayrim turlari bachadon bo‘yni epiteliysidagi hujayralarda o‘zgarishlar keltirib chiqarib, ularning saraton hujayralariga aylanishiga sabab bo‘ladi. Kasallikning asosiy xavf omillari – erta jinsiy hayot boshlanishi, ko‘p jinsiy sheriklarga ega bo‘lish, gigiyena qoidalariga rioya qilmaslik, immunitetning pasayishi hamda tamaki chekish hisoblanadi.Bachadon bo‘yni saratonini oldini olishda eng muhim yo‘l – profilaktika tadbirlarini amalga oshirishdir. Eng samarali usul bu HPVga qarshi emlash bo‘lib, qiz bolalarga 9–14 yosh oralig‘ida tavsiya etiladi. Emlash organizmda himoya antitanalarini hosil qilib, saraton keltiruvchi virus turlaridan himoya qiladi. Shuningdek, muntazam ravishda ginekologik ko‘rikdan o‘tish va Papanikolau (Pap-test) tahlilini topshirish erta bosqichda hujayra o‘zgarishlarini aniqlash imkonini beradi.Sog‘lom turmush tarzini olib borish, jinsiy hayotda ehtiyot choralariga rioya qilish, to‘g‘ri ovqatlanish va zararli odatlardan voz kechish ham kasallikning rivojlanish xavfini kamaytiradi. Ayollar o‘z sog‘lig‘iga mas’uliyat bilan yondashsa, bachadon bo‘yni saratonining oldini olish va uni erta bosqichda aniqlash orqali hayotni saqlab qolish mumkin.

Fields of Study & Subjects

Cervical Cancer and HPV Research Women's cancer prevention and management Genital Health and Disease

Publication details

Journal / source
Zenodo (CERN European Organization for Nuclear Research)
Publication date
17 February 2026
Language
UZ
Document type
Dataset