TA'LIM MUASSASALARIDA ICHKI HAVONI MUQOBIL ENERGIYA ASOSIDA IQLIMLASHTIRISH
Abstract
Ushbu maqolada tabiiy gaz bilan ta’minlanmagan maktab va maktabgacha ta’lim muassasalarida ichki havo muhitini iqlimlashtirish masalalari muhandislik kommunikatsiyalari tizimi nuqtayi nazaridan tahlil qilinadi. Asosiy e’tibor qayta tiklanuvchi energiya manbasi hisoblangan quyosh energiyasidan foydalanishga qaratilgan. Quyosh panellari va gelioenergetik qurilmalarni isitish, shamollatish va sovitish tizimlariga integratsiyalash imkoniyatlari ko‘rib chiqilib, ularning qurilishi va montaji jihatlari yoritiladi. Tadqiqot natijalari gaz yetib bormagan hududlarda ta’lim muassasalarining energiya mustaqilligini oshirish hamda ekologik xavfsiz ichki havo muhitini ta’minlash mumkinligini ko‘rsatadi.
Fields of Study & Subjects
Building energy efficiency and sustainability
Building Energy and Comfort Optimization
Solar Energy Systems and Technologies
Publication details
- Journal / source
- Zenodo (CERN European Organization for Nuclear Research)
- Publication date
- 17 February 2026
- Language
- UZ