BAHOLOVCHANLIK KATEGORIYASINING LINGVISTIK TALQINI VA PRAGMATIK MOHIYATI
Abstract
Ushbu maqolada tilshunoslikda baholovchanlik kategoriyasining nazariy asoslari, uning obyektiv va subyektiv jihatlari hamda konnotativ ma’no tarkibidagi o‘rni tahlil qilinadi. Baholovchanlikning gnoseologik va pragmatik yondashuvlar doirasida talqini, ratsional va emotsional baholash turlarining lisoniy ifodalanish xususiyatlari yoritiladi. Shuningdek, ekspressivlik, emotsionallik, obrazlilik va funksional-stilistik komponentlarning o‘zaro munosabati ko‘rib chiqiladi. Yetakchi tilshunos olimlar – Sh. Balli, I. V. Arnold, A. V. Kunin, V. N. Teliya, L. A. Sergeeva va boshqalarning qarashlari asosida baholovchanlikning pragmatik kategoriya sifatidagi mohiyati asoslab beriladi. Tadqiqot natijalari baholovchanlik til birliklari semantikasining ajralmas qismi ekanini ko‘rsatadi.
Fields of Study & Subjects
Syntax
Semantics
Linguistic Variation
Linguistics and Discourse Analysis
Linguistic research and analysis
Publication details
- Journal / source
- Zenodo (CERN European Organization for Nuclear Research)
- Publication date
- 17 February 2026