KOMPETENSIYAVIY YONDASHUV ASOSIDA XORIJIY TIL O'QITISH METODIKASI LOYIHALARINI ISHLAB CHIQISH VA BAHOLASH MEXANIZMLARI
Abstract
Mazkur maqolada kompetensiyaviy yondashuv asosida xorijiy til o‘qitish metodikasi loyihalarini ishlab chiqishning nazariy va amaliy asoslari hamda ularni baholash mexanizmlari tahlil qilinadi. Tadqiqotda zamonaviy ta’lim tizimida kommunikativ, lingvistik va sotsiomadaniy kompetensiyalarni shakllantirishga qaratilgan metodik loyihalarni loyihalash bosqichlari, o‘quv vazifalarini real kommunikativ vaziyatlarga moslashtirish tamoyillari va raqamli pedagogik vositalardan foydalanish imkoniyatlari yoritiladi. Shuningdek, formatif va summativ baholash, mezonli baholash, rubrikalar hamda monitoring indikatorlari asosida samaradorlikni aniqlash usullari taklif etiladi. Maqola natijasida xorijiy til o‘qitish metodikasi loyihalarini ishlab chiqish va baholashning tizimli modeli ishlab chiqilib, uning ta’lim sifatini oshirishdagi amaliy ahamiyati asoslab beriladi.
Fields of Study & Subjects
Education
Innovation and Language Studies
Foreign Language Teaching Methods
Linguistic Education and Pedagogy
Publication details
- Journal / source
- Zenodo (CERN European Organization for Nuclear Research)
- Publication date
- 18 February 2026
- Language
- UZ