XORIJIY MAMLAKATLARDA INVESTITSIYA INVESTOR FAOLIYATINI TASHKIL ETISH TAJRIBALARI
Abstract
Mazkur ilmiy maqolada xorijiy mamlakatlarda investitsiya jarayonlari hamda investorlar faoliyatini tashkil etishning zamonaviy yondashuvlari ilmiy yangiliklar va xalqaro amaliy tajribalar asosida chuqur tahlil qilinadi. Tadqiqot doirasida rivojlangan va rivojlanayotgan mamlakatlar — AQSh, Yevropa Ittifoqi, Xitoy, Janubiy Koreya va Singapur misolida investitsiya muhiti, investorlar huquqlarini himoyalash mexanizmlari, institutsional islohotlar, davlat tomonidan rag‘batlantirish usullari hamda investitsiya jarayonlarini boshqarish modellarining samaradorligi baholandi. Xalqaro statistik ma’lumotlar va qiyosiy tahlil natijalariga ko‘ra, investitsiya oqimlarini jalb etishda huquqiy barqarorlik, shaffof boshqaruv, soliq va moliyaviy imtiyozlar hamda davlat-xususiy sheriklik mexanizmlarining muhim roli asoslab berildi. Tadqiqot natijalari O‘zbekiston investitsiya siyosatini takomillashtirish va xorijiy investorlar faolligini oshirishga qaratilgan ilmiy-amaliy tavsiyalar ishlab chiqish imkonini beradi.
Fields of Study & Subjects
International Business and FDI
Economic Development and Regional Competitiveness
International Arbitration and Investment Law
Publication details
- Journal / source
- JOURNAL OF INTERNATIONAL SCIENTIFIC RESEARCH
- Publication date
- 18 February 2026
- Language
- UZ