Raqamli ta'lim sharoitida talabalarda mediakompetentlikni rivojlantirishning nazariy asoslari

Read full text
Authors: Abseit Rustemov
Cited by: 0

Abstract

Mazkur maqolada raqamli ta’lim muhitida maktabgacha ta’lim yo‘nalishi talabalari mediakompetentliginirivojlantirishning nazariy va metodologik asoslari kompleks tarzda yoritiladi. Axborotlashgan jamiyat sharoitida mediasavodxonlik va mediakompetentlik zamonaviy pedagogik faoliyatning ajralmas tarkibiy qismi sifatida talqin qilinib, ularningshaxsning kasbiy shakllanishi, tanqidiy fikrlashini rivojlantirish hamda axborot madaniyatini yuksaltirishdagi o‘rni ilmiyjihatdan asoslanadi.Shuningdek, maqolada mediakompetentlik tushunchasining mazmuni, tuzilmasi va funksional komponentlari xorijiyhamda mahalliy olimlarning ilmiy qarashlari asosida tahlil qilinadi. Mediakompetentlikning kognitiv, kommunikativ, texnologikva aksiologik jihatlari o‘zaro uzviy bog‘liqlikda ko‘rib chiqilib, uning talabalarning kasbiy tayyorgarligi hamda pedagogikfaoliyat samaradorligini oshirishdagi ahamiyati ochib beriladi.Tadqiqotda raqamli ta’lim muhitining didaktik imkoniyatlari, interfaol media vositalar, multimodal o‘quv materiallari hamdaaxborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish orqali mediakompetentlikni shakllantirish mexanizmlari yoritiladi.Shu bilan birga, talabalarning media bilan ishlash ko‘nikmalarini rivojlantirishga xizmat qiluvchi psixologik-pedagogikshart-sharoitlar, metodlar va yondashuvlar tizimlashtiriladi.Maqola yakunida maktabgacha ta’lim yo‘nalishi talabalari mediakompetentligini rivojlantirishning ilmiy-amaliy ahamiyatiasoslab berilib, ta’lim jarayoniga media ta’lim elementlarini integratsiyalashning samarali yo‘llari bo‘yicha xulosalar vatavsiyalar ilgari suriladi.

Fields of Study & Subjects

Literacy Media and Education Digital literacy in education Education and Digital Technologies

Publication details

Journal / source
MAKTABGACHA VA MAKTAB TA’LIMI JURNALI
Publication date
2 February 2026
Language
UZ