Sport takomillashuvi bosqichida voleybolchilarning sakrash qobiliyatini rivojlantirish texnologiyasi
Abstract
Maqolada yuqori malakali voleybolchilarda sakrovchanlik qobiliyatini rivojlantirish jarayonining samaradorliginioshirish masalasi dolzarb ilmiy muammo sifatida yoritilgan. Sakrovchanlik hozirgi kunda hujum va himoya harakatlariningmuvaffaqiyatli bajarilishini ta’minlovchi yetakchi jismoniy sifat sifatida e’tirof etiladi. Tadqiqotning asosiy maqsadisport takomillashuvi bosqichidagi voleybolchilarning sakrovchanlik qobiliyatini rivojlantirishga yo‘naltirilgan mashg‘ulottexnologiyasini ishlab chiqish va uni tajriba asosida asoslab berishdan iborat bo‘ldi. Tadqiqot jarayonida ilmiy-metodikmanbalarni nazariy tahlil qilish va umumlashtirish, pedagogik testlash, tajriba-sinov mashg‘ulotlari hamda matematik-statistiktahlil usullaridan foydalanildi. Natijada mashg‘ulot jarayoniga integratsiyalashgan plyometrik, kuch va tezkor-kuchmashqlar majmuasini o‘z ichiga olgan texnologiya ishlab chiqildi. O‘tkazilgan pedagogik tajribalar joydan va yugurib kelibyuqoriga sakrash ko‘rsatkichlarining ishonchli darajada (p < 0,05) oshganini, shuningdek, hujum va bloklash harakatlariningsamaradorligi yaxshilanganini tasdiqladi. Shunday qilib, ishlab chiqilgan texnologiyani yuqori malakali voleybolchilarningmashg‘ulot jarayonida qo‘llash maqsadga muvofiq deb hisoblanadi.
Fields of Study & Subjects
Physical Education and Training Studies
Sports Performance and Training
Sports and Physical Education Research
Publication details
- Journal / source
- MAKTABGACHA VA MAKTAB TA’LIMI JURNALI
- Publication date
- 2 February 2026
- Language
- UZ