MEHMONDO'SLIK KONSEPTI VA TURIZM LEKSIKASI: INGLIZ VA O'ZBEK TILLARIDA LINGVOKULTUROLOGIK YONDASHUV
Abstract
Mehmondo‘stlik tushunchasi har bir xalq madaniyatida muhim ahamiyatga ega bo‘lib, u xalqning milliy mentaliteti va qadriyatlarini aks ettiradi. Xususan, o‘zbek xalqida mehmondo‘stlik qadimdan yuksak fazilat sifatida e’zozlanib, xalqning qon-qoniga singigan odat va an’analardan biriga aylangan. Hatto “mehmon otangdan ulug‘” degan maqol mavjud bo‘lib, mehmonning hurmati ota-ona qadar ulug‘lanishini ko‘rsatadi. Ingliz madaniyatida ham mehmonnavozlik (hospitality) tushunchasi bor, ammo bu konsept o‘zbekdagidek mutlaq qadriyat darajasiga ko‘tarilmaganligini ba’zi til birliklarida kuzatish mumkin. Masalan, inglizlarda mashhur Benjamin Franklin iborasi: “Guests, like fish, begin to smell after three days” — ya’ni “Mehmon ham, baliq ham uch kundan keyin hidlana boshlaydi” degan naql bor. Bu ibora mehmonning uzoq qolishi ma’qul emasligini kinoya bilan bildiradi [1;41]. Aksincha, o‘zbeklarda mehmon qancha ko‘p va qancha uzoq bo‘lsa, shuncha xursandchilik va baraka keltiradi, degan tasavvur mavjud (“Mehmon kelsa, non kelsin”). Demak, ikki madaniyatda mehmondo‘stlik konseptining mazmuni va unga munosabat turlicha bo‘lib, ularning tilida – maqollar, iboralar va so‘z qo‘llanishida – o‘z aksini topadi.
Fields of Study & Subjects
Language and Culture
Language
Communication
and Linguistic Studies
Linguistic research and analysis
Publication details
- Journal / source
- Zenodo (CERN European Organization for Nuclear Research)
- Publication date
- 23 February 2026
- Document type
- Dataset