IJTIMOIY ONG STRUKTURASINING SHAKLLANISH MEXANIZMLARI VA UNING FUNKSIYALARI

Read full text
Authors: Quramboyev Alisher Maxsudovich
Cited by: 0

Abstract

Mazkur maqolada ijtimoiy ong strukturasining shakllanish mexanizmlari va uning asosiy funksiyalari falsafiy hamda sotsiologik yondashuvlar asosida tahlil qilinadi. Tadqiqotda ijtimoiy ongning kundalik va nazariy darajalari, shuningdek, siyosiy, huquqiy, axloqiy, diniy va estetik shakllari o‘rganiladi. Ijtimoiy ongning shakllanish jarayoni tarixiy tajriba, ijtimoiy munosabatlar, ta’lim tizimi, ommaviy axborot vositalari va mafkuraviy omillar orqali izohlanadi. Shuningdek, ijtimoiy ongning bilish, baholash, regulyativ, integrativ va prognozlash funksiyalari jamiyat barqarorligi va taraqqiyotidagi o‘rni bilan bog‘liq holda asoslab beriladi. Globallashuv va axborotlashuv sharoitida ijtimoiy ong transformatsiyasi, qadriyatlar tizimining yangilanishi va mafkuraviy barqarorlikni ta’minlash masalalari ham muhokama qilinadi. Tadqiqot natijalari ijtimoiy ong jamiyatning ma’naviy asosini tashkil etishini va uning izchil rivoji barqaror ijtimoiy tizimni shakllantirishda muhim omil ekanligini ko‘rsatadi.

Fields of Study & Subjects

Philosophical Thought and Analysis Philosophical and Historical Studies Social and Cultural Studies

Publication details

Journal / source
IZLANUVCHI
Publication date
23 February 2026
Language
EN