O'SMIR YOSHDAGI QIZLARDA GINEKOLOGIK KASALLIKLARNI DAVOLASHDA ENDOVIDEOLAPAROSKOPIK USULLARNI SAMARADORLIGI
Abstract
Qorin og‘rig‘i bilan shoshilinch jarrohlik bo‘limiga yotqizilgan 109 nafar ginekologik kasalliklari bo‘lgan qizlarning davolanishi tahlil qilindi. Tekshiruv instrumental usullarni o‘z ichiga olgan: UZD exografiyasi va diagnostik laparoskopiya usullar qo‘llanilgan. 44 nafar bemorda o‘tkir qorin sindromi alomatlari bachadon ortiqlarini yallig‘lanishi oqibatida kelib chiqqanligi aniqlandi. Tuxumdon buralish 22 nafar qizlarda aniqlandi. 29 nafar bemor qizlarimizda tuxumdon kistalari aniqlangan bo‘lsa, 14 nafarida esa tuxumdonlar apopleksiyasi aniqlanib ularni davolash ishlari olib borildi. Tuxumdon buralish 22 nafar bemorda aniqlanib, 19 nafarida endovideolaparosokpik usulda bartaraf etildi, 3 nafarida esa an’anaviy laparotomiya usuldida bartaraf etilgan. 14 nafarida esa tuxumdonlar apopleksiyasi yorilishi natijasida qon ketish alomatlari aniqlagan bo‘lsa, diagnostik laparoskopiya yordamida 9 nafarida qon ketish alomatlari to‘xatilgan, 3 nafarida esa konservativ davo mualojalari yordam bergan.Reproduktiv funksiya buzilishining oldini olish uchun bolalar ginekologi va onkologi bilan hamkorlik qilish zarurligi ta’kidlanmoqda.
Fields of Study & Subjects
Gynecological conditions and treatments
Endometriosis Research and Treatment
Ovarian function and disorders
Publication details
- Journal / source
- International Bulletin of Medical Sciences and Clinical Research
- Publication date
- 24 February 2026
- Language
- UZ