IJTIMOIY TARMOQ MATNLI XUJJATLARINI TAQSIMLASH YONDASHUVLARIDAN OLINGAN NATIJALAR SOLISHTIRMASI
Abstract
Ushbu maqolada ijtimoiy tarmoqlardagi matnli hujjatlarni tahlil qilish va tasniflash bo‘yicha mavjud yondashuvlar natijalari solishtirma tahlil qilinadi. Tadqiqotlarda VKontakte, Facebook, Twitter va Instagram platformalarida qo‘llanilgan klasterlash, tasniflash va sentiment tahlil usullari o‘rganildi. K-Means, SVM, Naive Bayes, KNN, LSTM, OLS va ansambl modellari asosida olingan natijalar aniqlik darajasi bo‘yicha taqqoslandi. Shuningdek, TF-IDF, Bag-of-Words, N-gram, POS-tagging va stemming kabi matnni qayta ishlash usullari samaradorligi ko‘rib chiqildi. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, katta hajmdagi ma’lumotlar va gibrid modellardan foydalanish aniqlikni sezilarli oshiradi hamda ijtimoiy media monitoringi va xavfli kontentni erta aniqlash tizimlarini yaratishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Fields of Study & Subjects
Text and Document Classification Technologies
Sentiment Analysis and Opinion Mining
Computational and Text Analysis Methods
Publication details
- Journal / source
- Zenodo (CERN European Organization for Nuclear Research)
- Publication date
- 24 February 2026