BRITANIYA ADABIYOTIDA URUSH DAVRIDAGI BOLALAR OBRAZI C.S. LEWIS VA J.R.R. TOLKIEN ASARLARI ASOSIDA
Abstract
Mazkur tezisda Britaniya adabiyotida urush davridagi bolalar obrazi C. S. Lewis va J. R. R. Tolkien asarlari misolida tahlil qilinadi. XX asrda yuz bergan jahon urushlari ingliz jamiyati va adabiyotiga kuchli ta’sir ko‘rsatdi. Urush davrida bolalar obrazi nafaqat ojizlik va himoyasizlik ramzi, balki ma’naviy poklik, jasorat va axloqiy qat’iyat timsoli sifatida tasvirlangan. Lewisning The Chronicles of Narnia turkum asarlarida bolalar urushdan evakuatsiya qilinib, sehrli olamda yovuzlikka qarshi kurashuvchi faol qahramonlarga aylanadi. Tolkienning The Lord of the Rings asarida esa hobbitlar bevosita bola bo‘lmasada, bolalarga xos poklik, soddalik va matonatni namoyon etadi.Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, urush sharoitida bolalar obrazi axloqiy markaz vazifasini bajaradi hamda insoniyatning umid va tiklanish imkoniyatini ifodalaydi.
Fields of Study & Subjects
Themes in Literature Analysis
World Wars: History
Literature
and Impact
American and British Literature Analysis
Publication details
- Journal / source
- Zenodo (CERN European Organization for Nuclear Research)
- Publication date
- 25 February 2026