HUQUQIY ONG VA HUQUQIY MADANIYATNI SHAKLLANTIRISHDA DAVLATNING ROLI.
Abstract
Mazkur maqolada huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirish masalalari huquqiy davlat va fuqarolik jamiyatini shakllantirishning muhim omili sifatida ilmiy-nazariy jihatdan tahlil qilinadi. Unda normativ-huquqiy hujjatlarning mukammalligi hamda amalga oshirilayotgan islohotlar samaradorligi fuqarolarning huquqiy bilimi, huquqqa bo‘lgan ongli munosabati va huquqiy normalarni amaliyotda qo‘llay olish darajasiga bevosita bog‘liqligi asoslab beriladi. Shuningdek, aholining barcha qatlamlari o‘rtasida huquqiy targ‘ibotni tizimli va uzluksiz tashkil etishning ahamiyati ochib berilib, huquqiy ong va huquqiy madaniyatni shakllantirishda davlat organlari hamda fuqarolik jamiyati institutlarining o‘rni yoritiladi. Maqolada yuksak huquqiy madaniyatni ta’minlash orqali qonun ustuvorligini mustahkamlash va islohotlar natijadorligini oshirishga qaratilgan ilmiy xulosalar ilgari suriladi.
Fields of Study & Subjects
Evolving Legal Systems and Governance
Judicial and Constitutional Studies
Legal and Policy Issues
Publication details
- Journal / source
- Zenodo (CERN European Organization for Nuclear Research)
- Publication date
- 25 February 2026