INGLIZ TILI DARSLARIGA MAQOLLARNI INTEGRATSIYA QILISHNING SAMARALI USULLARI

Read full text
Authors: Hilola Sotvaldiyeva
Cited by: 0

Abstract

Mazkur maqolada ingliz tilini xorijiy til sifatida o‘qitish jarayonida maqollardan foydalanishning metodik imkoniyatlari atroflicha tahlil qilinadi. Maqollar nafaqat lug‘at boyligini kengaytirish vositasi, balki o‘quvchilarning kommunikativ, lingvistik hamda sotsiokulturologik kompetensiyalarini rivojlantiruvchi samarali didaktik material sifatida talqin etiladi. Tadqiqotda maqollarning nazariy asoslari yoritilib, ularni dars jarayoniga tizimli va maqsadli ravishda integratsiya qilish yo‘llari ko‘rsatib beriladi. Ishda maqollardan darsning turli bosqichlarida foydalanish imkoniyatlari ko‘rib chiqiladi: kirish mashqlari sifatida, yozma topshiriqlar uchun asos sifatida, rolli o‘yin va munozaralar tashkil etishda, shuningdek, madaniyatlararo taqqoslash vositasi sifatida. Maqollarning ko‘chma ma’noli ifodalarni, iboraviy birliklarni hamda grammatik konstruktsiyalarni kontekst asosida o‘rgatishdagi ahamiyati alohida ta’kidlanadi. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, maqollardan muntazam foydalanish o‘quvchilarning darsdagi faolligini oshiradi, ularning og‘zaki va yozma nutqini rivojlantiradi hamda ingliz tilida ifodalangan madaniy qadriyatlarni chuqurroq anglashiga yordam beradi. Shuningdek, maqollar asosida tashkil etilgan interaktiv mashg‘ulotlar o‘quvchilarning mustaqil fikrlash, tahlil qilish va xulosa chiqarish ko‘nikmalarini shakllantiradi. Maqolada o‘qituvchilar uchun amaliy tavsiyalar ham ishlab chiqilgan bo‘lib, ular maqollarni dars jarayonida samarali va tizimli qo‘llashga xizmat qiladi

Fields of Study & Subjects

EFL/ESL Teaching and Learning Foreign Language Teaching Methods Linguistic Education and Pedagogy

Publication details

Journal / source
Zenodo (CERN European Organization for Nuclear Research)
Publication date
26 February 2026
Language
UZ