Talabalarda affiliativ motivatsiyani rivojlantirishning o'ziga xos xususiyatlari va komponentlari

Read full text
Authors: Omonova Nilufar Omon qizi
Cited by: 0

Abstract

Ushbu maqolada motivatsiyaning tarkibiga kiruvchi affiliasiyani talabalarda rivojlantirishning zaruriyatiasoslangan.Oliy ta’limda tahsil olayotgan talabalarda affiliativ motivatsiyani hozirgi zamon ilm-fani yutuqlari bilan uyg‘unlashtirganholda amaliyotga qo‘llashning afzalligi o‘rganiladi. Bugun talabalar birgalikda harakat qilishlari uchun faol muloqotdabo‘lishlari, bir-birlarining xarakter xususiyatini tushunishi zarurdir. Buning uchun esa talabalar o‘zaro muloqotnito‘g‘ri tashkil etishi va munosabat o‘rnatish jarayonida bir-birlariga moslasha olishlari ahamiyatlidir. Chunki bu har birtalabaga dars davomida o‘z o‘quv faoliyatini samarali olib borish imkonini beradi.Shuningdek, maqolada birgalikda vazifalarni to‘g‘ri va teng taqsimlanishi, qolaversa, ularning kichik guruhlarda ish olibborishida muloqotning turli usullaridan unumli foydalanish shartlari izohlangan. Shunga ko‘ra, talabalarda affiliativ motivatsiyanirivojlantirish omillarini olib kirishning ahamiyatlilik darajasi ilmiy jihatdan tahlil qilingan.

Fields of Study & Subjects

Innovative Teaching and Learning Methods Psychology of Development and Education Social Skills and Education

Publication details

Journal / source
MAKTABGACHA VA MAKTAB TA’LIMI JURNALI
Publication date
2 February 2026
Language
UZ