O'SIMLIK KASALLIKLARINI TASHXISLASH JARAYONLARINI ALGORITMLASH VA KO'P FAKTORLI MATEMATIK MODELLARINI ISHLAB CHIQISH
Abstract
Global iqlim o'zgarishi va oziq-ovqat xavfsizligi masalalari qishloq xo'jaligi ekinlarini himoya qilishda innovatsion texnologiyalarni qo'llashni taqozo etadi. Ushbu maqola o‘simliklar kasalliklarini aniqlash jarayonlarini avtomatlashtirish uchun matematik modellashtirish va intellektual algoritmlarni ishlab chiqishga qaratilgan. Tadqiqotda tasvirlardagi shovqinlarni kamaytirishning matematik usullari hamda kasallik o’choqlarini segmentatsiyalashda K-means va Otsu algoritmlarining kombinatsiyasi tahlil qilingan. Kasallik turini tasniflash uchun konvolyutsion neyron tarmoqlarining (CNN) zamonaviy arxitekturalari (ResNet va MobileNet) solishtirilgan. Matematik modellashtirish yordamida o‘simlik bargidagi leziyalar (jarohatlar) maydonini hisoblash va kasallikning rivojlanish darajasini aniqlash formulalari ishlab chiqilgan. Eksperimental natijalar taklif etilayotgan algoritmlarning diagnostika aniqligi 96,4% ni tashkil etishini ko‘rsatdi, bu esa an’anaviy arkaz usullarga nisbatan yuqori samaradorlikni ta’minlaydi.
Fields of Study & Subjects
Smart Agriculture and AI
Advanced Neural Network Applications
Leaf Properties and Growth Measurement
Publication details
- Journal / source
- Zenodo (CERN European Organization for Nuclear Research)
- Publication date
- 26 February 2026