XX-XXI ASRLAR HAYKALTAROSHLIGIDAGI TRANSFORMATSIYALAR
Abstract
Ushbu maqola haykaltaroshlikning modernizm davridan zamonaviy konseptual bosqichgacha bо‘lgan rivojlanish jarayonini tahlil qilishga bag‘ishlangan. Asosiy e’tibor an’anaviy shakl va materialga yо‘naltirilgan yondashuvdan g‘oya, kontekst va fazoviy fikrlash ustuvor bо‘lgan badiiy amaliyotga о‘tish jarayoniga qaratilgan. Maqolada zamonaviy haykaltaroshlikda yangi materiallar, raqamli va ommaviy axborot vositalaridan foydalanish, shuningdek, performans va installyatsiya kabi jarayonga asoslangan shakllarning ahamiyati yoritiladi. Tadqiqot doirasida zamonaviy haykaltaroshlikni shakllantirgan asosiy haykaltaroshlar, yо‘nalishlar va ijodiy konsepsiyalar kо‘rib chiqilib, asarda obyekt va makonning konseptual ifoda vositasiga aylanish jarayoni tahlil etiladi. Maqola haykaltaroshlikni tayyor obyekt sifatida emas, balki ma’no, tajriba va tomoshabin ishtirokini talab etuvchi ochiq badiiy tizim sifatida anglash metodikasini taklif etadi. Ushbu yondashuv zamonaviy haykaltaroshlikning inson, jamiyat va atrof-muhit о‘rtasidagi munosabatlarni qayta anglashdagi ahamiyatini ochib beradi.
Fields of Study & Subjects
Art
Politics
and Modernism
Technology
and Culture
Aesthetics
and Perception
Publication details
- Journal / source
- Art and Design Social Science
- Publication date
- 26 February 2026
- Language
- EN