QALANDAROV UY-MUZEYI FAOLIYATI

Read full text
Authors: Yalg'asheva Mukarram M.S. Muhamedova
Cited by: 0

Abstract

Qalandarov uy-muzeyi bugungi kunda davlat tomonidan muhofaza qilinadigan me’moriy yodgorlik hisoblanadi. 1910–1916-yillarda qurilgan Kalantarov uyi avstriyalik me’mor Otto Nelle loyihasi asosida barpo etilgan bo‘lib, unda Yevropa eklektik uslubi bilan mahalliy me’morchilik an’analari uyg‘unlashgan. U nafaqat tarixiy eksponatlar saqlanadigan joy, balki ma’rifiy va ilmiy tadqiqot ishlari olib boriladigan maskandir. Ma’rifiy faoliyat muzey ishining muhim yo‘nalishidir. Muzeyda ekskursiyalar, mavzuli tadbirlar va ta’limiy dasturlar tashkil etilib, yosh avlodda milliy merosga hurmat tuyg‘usini shakllantirishga xizmat qiladi. Mazkur uy-muzey Samarqandning boy tarixiy va madaniy merosini o‘zida mujassam etgan muhim obida bo‘lib, o‘tmish va bugunni bog‘lab turuvchi madaniy ko‘prik vazifasini bajaradi.

Fields of Study & Subjects

Cultural Heritage Management and Preservation Museums and Cultural Heritage Architecture and Cultural Influences

Publication details

Journal / source
Art and Design Social Science
Publication date
26 February 2026
Language
UZ