AFSONA VA RIVOYATLAR ASOSIDA YARATILGAN STSENOGRAFIYA ASARLARIDA RASSOM MAHORATI
Abstract
Jahon san’ati taraqqiyotida afsona va rivoyatlarning sahnaviy talqinlarda tutgan o‘rni, xususan stsenograf rassomning badiiy yechim yarati sh mahoratini keng qamrovda tahlil qiladi. Afsonalar insoniyat madaniyatining eng qadimgi qatlamiga mansub bo‘lib, ularning sahnaviy aks eta boshlagani qadimiy urf odatlar va bayramlaridan tortib bugungi zamonaviy teatr texnologiyalarigacha uzluksiz rivojlanib kelgan. Ushbu maqolada afsona va rivoyatlar asosida yaratilgan sahna asarlarining stsenografik yechimlari keng yoritilgan. Rassomning milliy qadriyatlar, tarixiy malumotlar badiiy ifoda vositalari va zamonaviy texnologiyalarni uyg‘unlashtirishdagi ijodiy mahorati tahlil qilinadi.
Fields of Study & Subjects
Theatre and Performance Studies
Arts and Performance Studies
Folklore
Mythology
and Literature Studies
Publication details
- Journal / source
- Art and Design Social Science
- Publication date
- 26 February 2026
- Language
- UZ