Gematologik-onkologik kasalliklarga chalingan o'quvchilar uchun gospital maktablarida ta'lim jarayonini tashkil etish
Abstract
Ushbu maqolada gematologik-onkologik kasalliklarga chalingan bolalar uchun gospital maktablarda ta’limjarayonini tashkil etishning ilmiy-pedagogik asoslari atroflicha yoritilgan. Tadqiqot doirasida bolalarning davolanish jarayonidata’limdan uzilib qolish muammolari, ularning psixologik holati, ijtimoiy moslashuvi hamda ta’lim ehtiyojlari tizimliravishda tahlil qilingan. Maqolada gospital ta’limning ahamiyati, individual ta’lim rejalarini ishlab chiqish, ta’lim jarayoninibolalarning sog‘lig‘i va davolanish sharoitlariga moslashtirish, shuningdek, axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridansamarali foydalanish masalalari ilmiy manbalar asosida yoritilgan. Tadqiqot natijalari gospital maktablarda tashkil etilganmaxsus ta’lim jarayoni bolalarning psixologik barqarorligini saqlash, bilim darajasini ushlab turish hamda kasallikdankeyingi jamiyatga tezkor integratsiyasini ta’minlashda muhim ahamiyatga ega ekanini ko‘rsatadi. Shuningdek, maqoladaindividual pedagogik yondashuvni joriy etish, o‘quv materiallarini moslashtirish va ta’lim jarayonini interaktiv hamda multimediyavositalari asosida tashkil etishning samarali usullari tavsiya etilgan.
Fields of Study & Subjects
Educational Practices and Policies
Palliative and Oncologic Care
Family Support in Illness
Publication details
- Journal / source
- MAKTABGACHA VA MAKTAB TA’LIMI JURNALI
- Publication date
- 2 February 2026
- Language
- TR