Tinglab tushunish kompetensiyasini rivojlantirishda autentik materiallarning o'rni.
Abstract
Mazkur maqolada chet tilini o‘qitish jarayonida tinglab tushunish kompetensiyasini rivojlantirishda autentikmateriallarning o‘rni va ahamiyati ilmiy-metodik jihatdan tahlil qilinadi. Tinglab tushunish retseptiv nutq faoliyatining muhimtarkibiy qismi bo‘lib, u o‘quvchilarning fonetik, leksik va pragmatik ko‘nikmalarini shakllantirishda asosiy vosita hisoblanadi.Tadqiqotda autentik materiallarning (audioyozuvlar, podkastlar, intervyular, videolavhalar, real kommunikativ nutq namunalarining)didaktik imkoniyatlari, ularning o‘quv motivatsiyasiga, madaniyatlararo kompetensiyaga va kommunikativ faollikkata’siri o‘rganiladi. Shuningdek, an’anaviy sun’iy o‘quv materiallari bilan autentik resurslarning qiyosiy tahlili amalgaoshiriladi. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, autentik materiallardan tizimli va metodik jihatdan asoslangan holda foydalanishtinglab tushunish jarayonini real kommunikativ vaziyatlarga yaqinlashtiradi hamda o‘quvchilarning nutqni tez vato‘g‘ri idrok etish qobiliyatini sezilarli darajada oshiradi. Maqolada samarali metodik tavsiyalar ham ishlab chiqiladi
Fields of Study & Subjects
EFL/ESL Teaching and Learning
Subtitles and Audiovisual Media
Linguistic Education and Pedagogy
Publication details
- Journal / source
- MAKTABGACHA VA MAKTAB TA’LIMI JURNALI
- Publication date
- 2 February 2026
- Language
- TR