PEDAGOGIK OLIY TA'LIM TALABALARIDA LIDERLIK QOBILYATINI RIVOJLANTIRISH MODELI

Read full text
Authors: Umriniso Toxirovna Shobduraximova, Moxinur Abduqaxxorova, Odiljon Abduqahhorov
Cited by: 0

Abstract

Mazkur maqolada pedagogik oliy ta’lim talabalari orasida liderlik qobiliyatini rivojlantirish modelining nazariy va amaliy asoslari yoritiladi. Tadqiqotda liderlikning pedagogik mazmuni, uning bo‘lajak o‘qituvchi kasbiy kompetensiyalari tizimidagi o‘rni hamda ta’lim jarayonidagi funksional ahamiyati tahlil qilinadi. Xorijiy va milliy tajriba umumlashtirilib, talabalarda liderlik kompetensiyalarini bosqichma-bosqich shakllantirishga qaratilgan integrativ model taklif etiladi. Model motivatsion-maqsadli, mazmuniy, faoliyatga yo‘naltirilgan va refleksiv-baholash komponentlaridan iborat bo‘lib, ularning o‘zaro uzviy bog‘liqligi asoslab beriladi. Ta’lim jarayonida interfaol metodlar, loyiha faoliyati, mentorlik tizimi hamda amaliy mashg‘ulotlarning samaradorligi ochib beriladi. Natijada pedagogik kadrlar tayyorlash sifatini oshirish va talabalarda tashabbuskor, mas’uliyatli hamda innovatsion fikrlovchi lider shaxsni shakllantirish imkoniyatlari aniqlanadi.

Fields of Study & Subjects

Education and Teacher Training Education Leadership and Health Research Teacher Education and Leadership Studies

Publication details

Journal / source
Zenodo (CERN European Organization for Nuclear Research)
Publication date
26 February 2026
Language
UZ