KICHIK HAJMLI NASRIY JANRLAR TIZIMIDA DRABBLARNING O'RNI

Read full text
Authors: Sadullayeva Nigora
Cited by: 0

Abstract

Maqolada zamonaviy adabiyot taraqqiyoti jarayonida kichik hajmli nasriy janrlar tizimida drabble janrining o‘rni va estetik-poetik xususiyatlari tadqiq etiladi. Jamiyat hayotining jadallashuvi va axborot oqimining ortishi sharoitida ixcham, ammo mazmunan zich badiiy matnlarga bo‘lgan ehtiyoj kuchaygani ta’kidlanadi. Maqolada drabblarning hajmiy cheklovlari, semantik zichligi, poetik minimalizm tamoyillariga asoslanganligi hamda syujet, konflikt va kompozitsiya masalalarining o‘ziga xosligi tahlil qilinadi. Drabble janri hikoya, novella, miniatyura va flash-fiction kabi kichik hajmli nasriy shakllar bilan qiyosiy jihatdan yoritilib, uning mustaqil poetik hodisa sifatidagi belgilari aniqlanadi. Tadqiqot natijalari drabblarning zamonaviy adabiyotda ixchamlik orqali chuqur estetik ta’sir ko‘rsatish imkoniyatiga ega bo‘lgan muhim janr ekanini ko‘rsatadi.

Fields of Study & Subjects

Short Stories in Global Literature Artistic and Creative Research Contemporary Literature and Criticism

Publication details

Journal / source
Zenodo (CERN European Organization for Nuclear Research)
Publication date
26 February 2026