ZAMONAVIY FRANSUZ GAZETA SARLAVHALARIDA POLIFONIK NUTQ VA STILISTIK EKSPRESSIVLIK

Read full text
Authors: Ruxsora Ubaydulloyeva, Maqsuda Jo'rayeva
Cited by: 0

Abstract

Ushbu maqolada zamonaviy fransuz gazeta sarlavhalarida polifonik nutq va stilistik ekspressivlikningdiskursiv xususiyatlari tahlil qilinadi. Tadqiqot materiali sifatida bugungi fransuz matbuotida keng qo‘llanilayotgan analitiksarlavha modellari tanlangan. Maqolada polifoniya muallif ovozi, iqtibos keltirilgan shaxslar, ekspert bahosi hamdajamoatchilik fikrining yagona sarlavha doirasida uyg‘unlashuvi orqali izohlanadi. Shuningdek, baholovchi leksika, savolva antiteza, sintaktik minimalizm kabi stilistik vositalarning ekspressiv ta’siri ochib beriladi. Tadqiqot natijalari shuniko‘rsatadiki, zamonaviy fransuz gazeta sarlavhalari nafaqat axborot yetkazadi, balki jamoatchilik fikrini shakllantirishdafaol diskursiv mexanizm sifatida ham xizmat qiladi

Fields of Study & Subjects

Linguistics and Discourse Analysis Linguistic research and analysis Discourse Analysis and Cultural Communication

Publication details

Journal / source
MUHANDISLIK VA IQTISODIYOT
Publication date
1 January 2026
Language
UZ