Texnologiya fanida raqamli ta'lim resurslari asosida amaliy ko'nikma va malakalarni rivojlantirish metodikasi
Abstract
Mazkur maqolada texnologiya fanini o‘qitishda raqamli ta’lim resurslaridan foydalanish asosida o‘quvchilarningamaliy ko‘nikma va malakalarini rivojlantirishga yo‘naltirilgan pedagogik metodika ishlab chiqilgan. Zamonaviyta’lim tizimida raqamlashtirish jarayonlarining jadal rivojlanishi texnologiya fani kabi amaliy yo‘nalishga ega fanlarnio‘qitish metodikasini tubdan qayta ko‘rib chiqishni taqozo etmoqda. Tadqiqot doirasida raqamli ta’lim resurslarining turlari,ularning didaktik imkoniyatlari hamda texnologiya darslarida qo‘llanish xususiyatlari tahlil qilingan. Maqolada virtual laboratoriyalar,interaktiv simulyatorlar, 3D-modellashtirish dasturlari, video darslar va elektron o‘quv-uslubiy majmualardansamarali foydalanish bo‘yicha ilmiy-amaliy tavsiyalar berilgan
Fields of Study & Subjects
Educational Technology and E-Learning
Innovative Educational Technologies
Educational Methods and Teacher Development
Publication details
- Journal / source
- MAKTABGACHA VA MAKTAB TA’LIMI JURNALI
- Publication date
- 2 February 2026
- Language
- UZ