Zamonaviy yondashuvlar asosida bo'lajak tarbiyachilarning kasbiy kompetentligini rivojlantirish

Read full text
Authors: Adiba Bozozrova
Cited by: 0

Abstract

Ushbu tadqiqot zamonaviy ta’lim paradigmasi sharoitida bo‘lajak maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyachilariningkasbiy kompetentligini shakllantirish va rivojlantirishning nazariy hamda amaliy masalalarini tahlil qilishga bag‘ishlangan.Maqolada bo‘lajak mutaxassislarning kasbiy tayyorgarligini oshirishda innovatsion pedagogik texnologiyalar,raqamli ta’lim resurslari va akmeologik yondashuvlarning o‘rni ilmiy asoslangan. Tadqiqot jarayonida oliy ta’lim muassasalaridaqo‘llanilayotgan metodik tizimning samaradorligi o‘rganilib, talabalarning kognitiv, amaliy va refleksiv ko‘nikmalariniintegratsiyalash orqali kasbiy kompetentlik darajasini oshirish mexanizmlari ishlab chiqilgan. Olingan natijalar shuniko‘rsatadiki, tarbiyachilarni tayyorlash jarayonida faqat nazariy bilimlarga tayanish kutilgan samarani bermaydi, balkishaxslararo muloqot, pedagogik empatiya va raqamli savodxonlikni uyg‘un rivojlantirish muhim ahamiyat kasb etadi.Tadqiqot yakunida bo‘lajak tarbiyachilarning kasbiy kompetentligini diagnostika qilish hamda uning barqaror rivojlanishinita’minlashga qaratilgan ilmiy-metodik tavsiyalar ishlab chiqilgan.

Fields of Study & Subjects

Educational Methods and Teacher Development Education and Professional Development Education Methods and Technologies

Publication details

Journal / source
MAKTABGACHA VA MAKTAB TA’LIMI JURNALI
Publication date
2 February 2026
Language
TR