O'QUVCHILARINI MILLIY VATANPARVARLIK RUHIDA TARBIYALASHNING 7 YILLIK DIFFERENSIAL TEXNOLOGIYALARIDAN FOYDALANISH METODIKASI

Read full text
Authors: O.T. Abduganiyev
Cited by: 0

Abstract

mazkur maqolada umumta’lim maktablari o‘quvchilarini milliy vatanparvarlik ruhida tarbiyalashda 7 yillik differensial texnologiyalardan foydalanish metodikasining nazariy-metodik asoslari tahlil qilingan. Tadqiqotda o‘quvchilarning yosh, psixologik va ijtimoiy rivojlanish xususiyatlarini inobatga olgan holda tarbiyaviy jarayonni bosqichma-bosqich tashkil etish zarurati asoslangan. Milliy qadriyatlar, tarixiy xotira, fuqarolik mas’uliyati va ijtimoiy faollikni shakllantirishga yo‘naltirilgan differensial yondashuvlar mazmuni ochib berilgan. Shuningdek, 7 yillik davr mobaynida qo‘llaniladigan tarbiyaviy texnologiyalar, metodlar va shakllarning samaradorligi pedagogik nuqtai nazardan asoslab berilgan. Maqola natijalari umumta’lim muassasalarida milliy vatanparvarlik tarbiyasini tizimli tashkil etishda amaliy ahamiyatga egaligi asosida o‘quvchilarda vatanparvarlik tarbiyasini kuchaytirishga xizmat qiluvchi metodik yondashuvlarning pedagogik ta’sir vositalari orqali yoritilgan.

Fields of Study & Subjects

Values and Moral Education Citizenship Education and Democracy Educator Training and Historical Pedagogy

Publication details

Journal / source
Zenodo (CERN European Organization for Nuclear Research)
Publication date
27 February 2026