JISMONIY TARBIYA YO'NALISHIDAGI TALABALARNING KASBIY TAYYORGARLIGINI OSHIRISHDA RAQAMLI TA'LIM VA AXBOROT-KOMMUNIKATSION TEXNOLOGIYALARINING PEDAGOGIK SAMARADORLIGI

Read full text
Authors: Ibraximov Sanjar Urunbayevich
Cited by: 0

Abstract

Axborot texnologiyalarining global miqyosda jadal rivojlanishi sharoitida ularni jismoniy tarbiya yo‘nalishidagi o‘rta maxsus va oliy ta’lim muassasalarining o‘quv jarayoniga joriy etish dolzarb vazifalardan biri hisoblanadi. Axborot-kompyuter texnologiyalari nafaqat talabalarga bilimlarning katta hajmini yetkazish imkonini beradi, balki ularning intellektual va ijodiy salohiyatini rivojlantirishga, mustaqil ravishda yangi bilimlarni egallash, turli axborot manbalari bilan samarali ishlash hamda o‘z-o‘zini ta’lim jarayonida faol pozitsiyani egallash ko‘nikmalarini shakllantirishga xizmat qiladi. Shu munosabat bilan ta’lim muassasalari axborotlashgan jamiyat talablariga moslashgan holda, o‘quv jarayoniga zamonaviy axborot-kompyuter texnologiyalarini keng joriy etishga majbur bo‘lmoqda. Mazkur maqolada ta’lim jarayonida axborot-kompyuter texnologiyalaridan foydalanish bo‘yicha ilg‘or tajribalar ilmiy-nazariy jihatdan tahlil qilinadi hamda ularni bo‘lajak mutaxassislarning kasbiy tayyorgarligida qo‘llashga doir yangi nazariy yondashuvlar asoslab beriladi.

Fields of Study & Subjects

Physical Education and Training Studies Sports Science and Education Education and Digital Technologies

Publication details

Journal / source
Zenodo (CERN European Organization for Nuclear Research)
Publication date
27 February 2026
Language
UZ