BUXORO VILOYATIDA 2023–2025 YILLARDA SAKSOVUL BUQUR CHIGIRTKASINING TUXUM QO'YISH MAYDONLARI DINAMIKASI VA ZICHLIK STRUKTURASI TAHLILI

Read full text
Authors: Karimov Erkin Qodirovich, Hikmatova Yulduz
Cited by: 0

Abstract

Maqolada Buxoro viloyatida 2023–2025 yillarda saksovul buqur chigirtkasining tuxum qo‘ygan maydonlari, kuzatuv qamrovi va 1 m² ga to‘g‘ri keluvchi tuxum ko‘zachalari zichligi sinflari bo‘yicha hududiy-vaqtli dinamika tahlil qilindi. Tadqiqot 2023–2025 yil hisobot jadvallaridagi tumanlar kesimidagi raqamlarga tayanadi. Natijalarga ko‘ra, umumiy kuzatuv maydoni 2023 yilda 18 500 ga bo‘lgan bo‘lsa, 2024 yilda 19 636 ga, 2025 yilda 25 150 ga ni tashkil etdi; tuxum ko‘zachalari mavjud bo‘lgan maydon esa mos ravishda 1 050 ga → 1 934 ga → 3 189 ga ga o‘sgan. Zichlik strukturasi 2023–2024 yillarda asosan 5–10 ko‘zacha/m² sinfi ustun bo‘lgan (2023: 40,95%; 2024: 30,77%), 2025 yilda esa 1 ko‘zacha/m² gacha sinfi keskin dominant holatga o‘tgan (84,04%). Olingan natijalar PQ–5185 (15.07.2021) va VMQ 311-son (07.06.2022) qarorlarida belgilangan erta monitoring, manzilli profilaktika va boshqaruv qarorlarini ma’lumotga asoslangan tarzda qabul qilish zarurligini qo‘llab-quvvatlaydi.

Fields of Study & Subjects

Avian ecology and behavior Orthoptera Research and Taxonomy Insect-Plant Interactions and Control

Publication details

Journal / source
Latin American journal of education
Publication date
27 February 2026
Language
UZ