BOLALARDA YO'G'ON ICHAKNING FIKSATSIYA VA ROTATSIYA ANOMALIYALARIDA KONSERVATIV DAVOLASHNING IMKONIYATLARI VA CHEGARALARI
Abstract
Bolalarda yo‘g‘on ichakning fiksatsiya va rotatsiya anomaliyalari (YIFvRA) turli klinik shakllarda namoyon bo‘lib, kasallikning kechishi yengil, o‘rtacha va og‘ir darajalarda kuzatilishi mumkin [4,5,6]. Amaliyotda YIFvRAning yengil va surunkali shakllari ko‘pincha jarrohlikdan oldin yoki jarrohlikni kechiktirish maqsadida konservativ davolash usullari bilan boshqariladi [2,3]. Biroq konservativ yondashuvning samaradorligi, qo‘llash chegaralari va uzoq muddatli natijalari haqida yagona qarash mavjud emas [1,6]. Ko‘plab klinik holatlarda konservativ davolash vaqtinchalik ijobiy ta’sir ko‘rsatib, klinik belgilarni kamaytiradi, ammo ichakning anatomik nuqsonlari saqlanib qoladi [4,6]. Natijada asoratlar rivojlanish xavfi kamaymaydi va ichakning patologik harakatchanligi saqlanib qoladi [5,8]. Shu sababli YIFvRAda konservativ davolashning real imkoniyatlari va uning chegaralarini aniqlash dolzarb klinik vazifa hisoblanadi [2,9].
Fields of Study & Subjects
Intestinal Malrotation and Obstruction Disorders
Gastrointestinal disorders and treatments
Congenital gastrointestinal and neural anomalies
Publication details
- Journal / source
- Zenodo (CERN European Organization for Nuclear Research)
- Publication date
- 28 February 2026
- Document type
- Dataset