O'quvchilarda milliy tuyg'ularni tarkib toptirishning mazmuni (dastur, darsliklar tahlili) va vositalari
Abstract
O‘quvchilarda milliy tuyg‘ularni tarkib toptirishning pedagogik mazmuni o‘ziga xos yondashuvni talab etadi.Hozirgi globallashuv sharoitida bu jarayon murakkab va yuqori mas’uliyatni taqozo etuvchi vazifa hisoblanadi. O‘z ustidaishlash, jahon va milliy pedagogik tajribalarni o‘rganish davr talabi sifatida namoyon bo‘lmoqda. Ushbu jarayon o‘quvchilardamillat yutuqlari bilan faxrlanish, ijtimoiy muammolarga befarq bo‘lmaslik hamda milliy birlikni mustahkamlashtuyg‘ularini shakllantirishni o‘z ichiga oladi. Mazkur tuyg‘ular mazmunan yurtparvarlik, millatparvarlik va yaratuvchanlikg‘oyalarini tarixiy shaxslar, allomalar va milliy madaniy meros orqali singdirishga asoslanadi. Asosiy vositalar sifatidatarixiy-ilmiy hamda adabiy-badiiy asarlar orqali g‘urur tuyg‘usini uyg‘otish; etnopedagogik usullar – folklor, maqollar vaxalq og‘zaki ijodi orqali milliy g‘ururni rivojlantirish; vizual-estetik didaktik vositalar, vatanparvarlik qo‘shiqlari va san’atorqali emotsional ta’sir ko‘rsatish; an’anaviy tarbiya shakllari – oilaviy muhit va tarixiy shaxslar misolida vatanparvarliknishakllantirish; interaktiv darslar va tarbiyaviy tadbirlar, shuningdek, raqamli vositalar – videofilmlar, interaktiv platformalarva mazmunan boyitilgan taqdimotlardan foydalanish imkoniyatlari tahlil qilinadi. Maqolada o‘quv jarayonida o‘quvchilardamilliy tuyg‘ularni tarkib toptirishning mazmuni va vositalari yoritilgan.
Fields of Study & Subjects
Values and Moral Education
Educator Training and Historical Pedagogy
Citizenship Education and Democracy
Publication details
- Journal / source
- MAKTABGACHA VA MAKTAB TA’LIMI JURNALI
- Publication date
- 2 February 2026
- Language
- UZ