MIKROORGANIZMLARNING TABIATDAGI AHAMIYATI

Read full text
Authors: Raimova Charos Baxrom Qizi, Xoljigitova Ruxshona Zokir qizi, Tojiqulova Nozima Abdusattor qizi
Cited by: 0

Abstract

Mikroorganizmlar ko‘z bilan ko‘rib bo‘lmaydigan, ammo tabiat hayotida juda muhim o‘rin tutadigan tirik organizmlardir.Ular yer yuzining deyarli barcha muhitlarida, jumladan tuproq, suv va havoda keng tarqalgan. Mikroorganizmlar tabiatdagi moddalar almashinuvi, ekologik muozanatni saqlash va biologik jarayonlarning uzluksiz davom etishda asosiy rol o‘ynaydi.Tuproqda yashovchi mikroorganizmlar organik qoldiqlarni parchalaydi, tuproq unumdorligini oshiradi va o‘simlikning o‘sishi uchun zarur bo‘lgan oziq moddalarni hosil qiladi. Suv muhitidagi mikroorganizmlar esa suvning tabiiy tozalanish jarayonida ishtirok etib, zararli moddalarni parchalash orqali ekologik muhitni sog‘lomlashtiradi. Havoda uchraydigan mikroorganizmlar ham biologik aylanish jarayonlarida muhim ahamiyatga ega.Shu sababli mikroorganizmlarni o‘rganish nafaqat biologiya va mikrobiologiya fanlari uchun, balki ekologiya, biotexnologiya va inson hayoti uchun ham katta ahamiyat kasb etadi.Ushbu maqolada tabiatdagi mikroorganizmlarning asosiy turlari va ularning tuproq, suv hamda havodagi foydalari yoritib beriladi.

Fields of Study & Subjects

Microbial Community Ecology and Physiology Soil Carbon and Nitrogen Dynamics Microbial bioremediation and biosurfactants

Publication details

Journal / source
Zenodo (CERN European Organization for Nuclear Research)
Publication date
1 March 2026