KONSTRUKTIVISTIK YONDASHUV ASOSIDA O'ZBEK TILI DARSLARIDA TALABALARNING MA'NAVIY-AXLOQIY KO'NIKMALARINI RIVOJLANTIRISHGA YO'NALTIRILGAN TA'LIM MODELINING SAMARADORLIGI

Read full text
Authors: Shermatova Dilfuza Yakubjanovna
Cited by: 0

Abstract

Mazkur maqolada konstruktivistik yondashuv asosida o‘zbek tili darslarida talabalarning ma’naviy-axloqiy ko‘nikmalarini rivojlantirishga yo‘naltirilgan ta’lim modelining samaradorligi ilmiy-nazariy va amaliy jihatdan tahlil qilinadi. Tadqiqotning dolzarbligi zamonaviy oliy ta’lim tizimida shaxsga yo‘naltirilgan pedagogik texnologiyalarni joriy etish, talabalarning mustaqil fikrlashi, ijtimoiy mas’uliyati va axloqiy kompetensiyalarini rivojlantirish zarurati bilan izohlanadi. Tadqiqot jarayonida pedagogik tajriba-sinov ishlari olib borilib, tajriba va nazorat guruhlari natijalari qiyosiy-statistik tahlil qilindi. Ishlab chiqilgan ta’lim modeli muammoli vaziyat yaratish, interfaol metodlardan foydalanish, matn asosida axloqiy tahlil tashkil etish hamda refleksiv faoliyatni yo‘lga qo‘yishga asoslandi. Tadqiqot natijalari konstruktivistik yondashuv talabalarning axloqiy tushunchalarni anglash darajasi, mustaqil va tanqidiy fikrlashi, ijtimoiy faolligi hamda qadriyatlarga ongli munosabatini sezilarli darajada oshirishini ko‘rsatdi. Olingan natijalar mazkur modelni o‘zbek tili ta’limi jarayoniga keng joriy etish hamda boshqa ijtimoiy-gumanitar fanlar doirasida qo‘llash istiqbolli ekanligini tasdiqlaydi.

Fields of Study & Subjects

Values and Moral Education Education Innovation and Language Studies Education and Character Development

Publication details

Journal / source
Zenodo (CERN European Organization for Nuclear Research)
Publication date
1 March 2026