SAMARQAND — TURIZMNING BESH QIRRASI: QADIMIY SHAHAR JILOSI
Abstract
Ushbu maqolada Samarqand shahrining turizm salohiyati besh asosiy yo‘nalish — tarixiy-madaniy, ziyorat, etnografik va gastronomik, ekoturizm hamda ilmiy-ta’lim turizmi kesimida tahlil qilinadi. Qadimiy va betakror me’moriy obidalari bilan mashhur bo‘lgan Samarqand 2001-yilda UNESCO tomonidan Jahon madaniy merosi ro‘yxatiga kiritilgan bo‘lib, bugungi kunda xalqaro turizm markazlaridan biriga aylangan. Maqolada Registon maydoni, Shohi Zinda majmuasi, Bibixonim masjidi, Amir Temur maqbarasi, Imom al-Buxoriy majmuasi hamda Ulug‘bek rasadxonasi kabi muhim tarixiy obyektlarning turizm rivojidagi o‘rni yoritiladi. Shuningdek, milliy gastronomiya, hunarmandchilik, ekologik resurslar va ilmiy merosning hudud iqtisodiyoti hamda xalqaro imidj shakllanishidagi ahamiyati ochib beriladi. Tadqiqot natijalari Samarqandning ko‘p tarmoqli va barqaror turizm modeli asosida rivojlanayotgan strategik hudud ekanligini ko‘rsatadi. Kalit so‘zlar: Samarqand, turizm, tarixiy meros, ziyorat turizmi, gastronomik turizm, ekoturizm, ilmiy turizm, madaniy meros
Fields of Study & Subjects
Diverse Aspects of Tourism Research
Archaeology and Cultural Heritage
Urbanism
Landscape
and Tourism Studies
Publication details
- Journal / source
- Zenodo (CERN European Organization for Nuclear Research)
- Publication date
- 3 March 2026