Boshlang'ich sinflarda tabiiy fanlarni steam asosida o'qitishning interfaol metodlari

Read full text
Authors: Durdona Aliqarshiyeva
Cited by: 0

Abstract

Mazkur maqolaning maqsadi boshlang‘ich sinflarda tabiiy fanlarni STEAM (Science, Technology, Engineering,Arts, Mathematics) dasturi asosida o‘qitishda interfaol metodlardan foydalanish imkoniyatlarini aniqlashdaniborat. Tadqiqot jarayonida muammoli ta’lim, loyihalash faoliyati, tajriba-amaliy mashg‘ulotlar hamda guruhli hamkorlik kabiinterfaol metodlarning tabiiy fanlar mazmuni bilan integratsiyasi o‘rganildi. Tadqiqot metodologiyasi pedagogik kuzatuv,dars jarayonini tahlil qilish va o‘quvchilarning amaliy hamda ijodiy faoliyatini baholash usullariga asoslandi. Olingan natijalarSTEAM yondashuviga asoslangan interfaol metodlar o‘quvchilarning fanlarga bo‘lgan qiziqishini oshirishi, ularningtanqidiy fikrlash, muammolarni hal etish va ijodiy yondashuv ko‘nikmalarini sezilarli darajada rivojlantirishini ko‘rsatdi.Shuningdek, mazkur metodlar o‘quvchilarning amaliy tajriba orttirishi va bilimlarni real hayot bilan bog‘lash kompetensiyasigaijobiy ta’sir ko‘rsatishi aniqlandi. Tadqiqot xulosalari boshlang‘ich sinf tabiiy fan darslarini tashkil etishda STEAMasosidagi interfaol metodlardan tizimli foydalanish ta’lim samaradorligini oshirishini tasdiqlaydi hamda o‘qituvchilar uchunamaliy tavsiyalar ishlab chiqishga xizmat qiladi.

Fields of Study & Subjects

STEM Education Science Education and Pedagogy Educational Methods and Outcomes

Publication details

Journal / source
MAKTABGACHA VA MAKTAB TA’LIMI JURNALI
Publication date
2 March 2026
Language
TR