ZAMONAVIY TA'LIM JARAYONIDA REFLEKSIV PEDAGOGIKANING O'RNI VA O'QITUVCHI KASBIY KOMPETENSIYASINI RIVOJLANTIRISH MEXANIZMLARI

Read full text
Authors: Diyorbek Aliyorov, Ruslanbek Egamberganov
Cited by: 0

Abstract

Zamonaviy ta’lim tizimi sharoitida o‘qituvchining kasbiy rivojlanishi uzluksiz refleksiv jarayon bilan chambarchas bog‘liqdir. Mazkur maqolada refleksiv pedagogikaning nazariy asoslari, uning ta’lim samaradorligini oshirishdagi o‘rni hamda o‘qituvchi kasbiy kompetensiyasini shakllantirish mexanizmlari tahlil qilinadi. Refleksiya pedagog faoliyatining ichki nazorat mexanizmi sifatida talqin qilinib, u orqali o‘qituvchi o‘z pedagogik qarorlarini baholaydi, xatolarini aniqlaydi va faoliyatini takomillashtiradi. Tadqiqotda refleksiv fikrlashning psixologik asoslari, kasbiy o‘sish bosqichlari, innovatsion va raqamli vositalarning roli keng yoritilgan. Shuningdek, zamonaviy ta’lim muhitida refleksiv madaniyatni shakllantirishning metodik yo‘llari asoslab beriladi.

Fields of Study & Subjects

Reflective Practices in Education Teacher Education and Leadership Studies Educational Methods and Teacher Development

Publication details

Journal / source
Zenodo (CERN European Organization for Nuclear Research)
Publication date
3 March 2026