MATEMATIK SAVODXONLIKNI RIVOJLANTIRISHDA INTELEKTUAL OʻYINLAR HAMDA ALGORITMIK TAFAKKURNING OʻZARO UYGʻUNLIGINI TA'MINLASH METODIKASI

Read full text
Authors: Babayeva Maxfuza Abduvaitovna, Yaxshiboyeva Maxbuba Rustamovna
Cited by: 0

Abstract

Mazkur ilmiy maqolada matematik savodxonlikni rivojlantirish jarayonida intelektual o‘yinlar va algoritmik tafakkurning o‘zaro uyg‘unligini ta’minlash metodikasi ilmiy asoslanadi. Matematik savodxonlik hayotiy vaziyatlarni matematik tilda talqin qilish, ma’lumotni tanlash va tahlil qilish, modellashtirish, mantiqiy xulosa chiqarish, yechimni tekshirish hamda natijani izohlash kompetensiyalari majmui sifatida yoritiladi. Intelektual o‘yinlar o‘quvchini faol ishtirokga jalb etuvchi, vaziyatni tez tushunish va qaror qabul qilishni kuchaytiruvchi didaktik vosita sifatida qaraladi, algoritmik tafakkur esa muammoni bosqichma bosqich hal qilish, yechim jarayonini strukturalash, xatolarni aniqlash va umumlashtirish mexanizmi sifatida talqin qilinadi. Maqolada o‘yinli muammo qo‘yish, algoritmik tahlil, yechimni konstruktsiyalash, tekshirish, refleksiya va transferga tayanuvchi metodik siklning mazmuni, dars dizayni, differensial yondashuv va baholash mezonlari bayon qilinadi. Taklif etilgan yondashuv o‘quvchi motivatsiyasini oshirish bilan bir qatorda, matematik fikrlashning ishonchli, tekshiriladigan va ko‘chiriladigan shaklini shakllantirishga xizmat qilishi ilmiy dalillar bilan izohlanadi.

Fields of Study & Subjects

Mathematics Education and Pedagogy Mathematics Education and Teaching Techniques Cognitive and developmental aspects of mathematical skills

Publication details

Journal / source
Zenodo (CERN European Organization for Nuclear Research)
Publication date
3 March 2026
Language
UZ