BOSHLANG'ICH SINF O'QUVCHILARINI PIRLS XALQARO BAHOLASH DASTURIGA SAMARALI TAYYORLASHDA AXBOROT MATNLARI BILAN ISHLASHNING AHAMIYATI

Read full text
Authors: Odina Ikromjon qizi Nurmatova
Cited by: 0

Abstract

Mazkur ilmiy maqolada boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini PIRLS xalqaro baholash dasturiga samarali tayyorlash jarayonida axborot matnlari bilan ishlashning nazariy va amaliy jihatlari chuqur tahlil qilinadi. Tadqiqotda PIRLS baholash dasturining asosiy konseptual yondashuvlari, o‘qish savodxonligini baholash mezonlari hamda axborot matnlarining mazkur jarayondagi o‘rni aniqlab berilgan. Maqolada boshlang‘ich ta’limda axborot matnlaridan foydalanish o‘quvchilarning matnni anglash, tahlil qilish, xulosalash va baholash ko‘nikmalarini shakllantirishga xizmat qilishi ilmiy-nazariy asoslar orqali yoritilgan. Shuningdek, axborot matnlari asosida tuzilgan topshiriqlar tizimi o‘quvchilarning tanqidiy fikrlashi, mantiqiy tafakkuri va mustaqil ishlash kompetensiyalarini rivojlantirishga samarali ta’sir ko‘rsatishi asoslab berilgan. Tadqiqot davomida umumta’lim maktablarining boshlang‘ich sinflarida qo‘llanilayotgan o‘qish darslari mazmuni tahlil qilinib, PIRLS formatidagi axborot matnlarini dars jarayoniga integratsiya qilishning metodik imkoniyatlari ochib beriladi. Maqola natijalari boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari, metodistlar hamda ta’lim sifatini oshirishga qaratilgan ilmiy-amaliy izlanishlar uchun metodik tavsiyalar sifatida xizmat qiladi.

Fields of Study & Subjects

Reading and Literacy Development Educational Strategies and Epistemologies Literacy and Educational Practices

Publication details

Journal / source
GOLDEN BRAIN
Publication date
2 March 2026
Language
UZ