MARKAZIY OSIYO DAVLATLARI TASHQI SIYOSATIDA AFG'ONISTON OMILI VA XALQARO XAVFSIZLIK

Read full text
Authors: Dildora Xudoyshukurova
Cited by: 0

Abstract

Mazkur maqolada Markaziy Osiyo davlatlari — Oʻzbekiston, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Tojikiston va Turkmaniston — tashqi siyosatida Afg‘oniston omilining o‘rni hamda uning mintaqaviy va xalqaro xavfsizlikka ta’siri tahlil qilinadi. Xususan, Afgʻonistondagi siyosiy beqarorlik, xavfsizlik bilan bog‘liq tahdidlar, terrorizm va ekstremizm xavfi, noqonuniy migratsiya hamda narkotik moddalar savdosining kuchayishi kabi omillarning mintaqa davlatlari tashqi siyosiy strategiyalariga ta’siri ochib beriladi. Maqolada Markaziy Osiyo davlatlarining Afg‘oniston bilan savdo-iqtisodiy, transport-logistika va energetika yo‘nalishlaridagi hamkorlik tashabbuslari, shuningdek, chegaraviy xavfsizlikni mustahkamlash borasidagi sa’y-harakatlari ko‘rib chiqiladi. Shu bilan birga, mintaqaviy va xalqaro tashkilotlar, jumladan Birlashgan Millatlar Tashkiloti, Shanxay hamkorlik tashkiloti hamda Kollektiv xavfsizlik shartnomasi tashkiloti doirasidagi hamkorlik mexanizmlarining ahamiyati yoritiladi.

Fields of Study & Subjects

Politics and Conflicts in Afghanistan Pakistan and Middle East Central Asia Education and Culture Border Security and International Relations

Publication details

Journal / source
Zenodo (CERN European Organization for Nuclear Research)
Publication date
4 March 2026
Language
UZ