KREDIT-MODUL TIZIMI ASOSIDA IQTISODIYOT TA'LIMIDA SOFT SKILLS VA BOSHQARUV KOMPETENSIYALAR INTEGRATSIYASI

Read full text
Authors: To'xtayeva Shahnoza G'aybulla qizi
Cited by: 0

Abstract

Zamonaviy pedagogik paradigma doirasida soft skills va boshqaruv kompetensiyalarining o‘zaro uyg‘unligi talabaning professional identifikatsiyasini shakllantiruvchi asosiy omillardan biri sifatida qaralmoqda. Soft skills komponenti kommunikativ moslashuvchanlik, empatik tinglash, konfliktlarni konstruktiv hal etish va liderlik tashabbuslarini namoyon etish orqali boshqaruv faoliyatining insoniy-ijtimoiy asosini mustahkamlaydi. Boshqaruv kompetensiyasi esa ushbu ko‘nikmalarni strategik maqsadlarga yo‘naltirilgan tashkiliy amaliyot bilan bog‘lab, qarorlar samaradorligini oshiradi. Shu bois iqtisodiyot ta’limida mazkur ikki kompetensiya klasterining integratsiyasi nafaqat didaktik, balki institutsional zarurat sifatida namoyon bo‘ladi.

Fields of Study & Subjects

Competency Development and Evaluation Higher Education and Employability Social Skills and Education

Publication details

Journal / source
Zenodo (CERN European Organization for Nuclear Research)
Publication date
4 March 2026