POLIETILEN ASOSIDAGI ANTIPIREN POLIMER KOMPOZITLARNING TG-DTA USULLARI YONG'INGA CHIDAMLILIK MEXANIZMINI O'RGANISH

Read full text
Authors: Esanov Rashid Raxmadovich, To'rayev Xayit Xudaynazarovich, Tojiyеv Panji Jovliyеvich
Cited by: 0

Abstract

Bugungi kunda dunyoda aholi va sanoat korxonalarida ishlab chiqarishning yuqori sur’atlar bilan o‘sishi olovbardosh polimer materiallarga bo‘lgan talabning ortishiga sabab bo‘lmoqda. Xususan antipirenlar bilan modifikatsiyalangan polimer materiallarning fizik-mexanik, termik xususiyatlarining yuqoriligi, past haroratga va ultrabinafsha nurlar ta’siriga chidamliligi tufayli ularni sanoat miqyosida ishlab chiqarishga katta antipirenlar bilan modifikatsiyalangan polimer materiallar tayyorlash muhim ahamiyat kasb etadi. Antipiren moddalar organik materiallarning yong‘inga chidamliligini oshirishda muhim ahamiyatga ega bo‘lib, ular polimerlar, to‘qimachilik mahsulotlari, yog‘och va boshqa kompozitlarning xavfsizlik darajasini sezilarli oshiradi. Ularning samaradorligi ko‘p jihatdan termik xususiyatlariga, ya’ni issiqlik ta’sirida qanday fizik-kimyoviy o‘zgarishlarga bog‘liq. DTA va TGA analizlari antipirenlarning termik barqarorligini o‘rganishda eng informatsion vositalardan biri hisoblanadi. Ushbu tadqiqotning maqsadi S-20 markali antipirenlar olingan bo’lib ularni termik parchalanish bosqichlarini aniqlash, hamda tabiatini ilmiy asosda talqin qilish va antipirenning olovga qarshi mexanizmini tushuntirishdir.

Fields of Study & Subjects

Flame retardant materials and properties Fire dynamics and safety research Thermal and Kinetic Analysis

Publication details

Journal / source
Zenodo (CERN European Organization for Nuclear Research)
Publication date
4 March 2026
Language
UZ