O'ZBEKISTONDA AUDITORLIK XIZMATLARI BOZORINING JORIY HOLATI VA RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI

Read full text
Authors: Akromov Shohrux Shuhrat o'g'li
Cited by: 0

Abstract

Mazkur tadqiqotda O‘zbekistonda auditorlik xizmatlari bozorining hozirgi holati, rivojlanish tendensiyalari va mavjud muammolari tahlil qilingan. Ishda auditorlik faoliyatining normativ-huquqiy bazasi shakllanishi, moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari (IFRS) hamda xalqaro audit standartlari (ISA)ga bosqichma-bosqich o‘tish jarayoni va so‘nggi yillarda amalga oshirilgan islohotlarning mazmuni yoritilgan. Shuningdek, auditorlik xizmatlari bozoridagi asosiy muammolar — malakali kadrlar yetishmasligi, xalqaro sertifikatga ega auditorlar ulushining pastligi, xizmatlar sifati, raqobat muhiti, raqamlashtirish darajasining yetarli emasligi va bozor ulushining pastligi kabi omillar tahlil etilgan. Statistik ko‘rsatkichlar asosida auditorlar soni, auditorlik tashkilotlari faoliyati va auditorlik xulosalari turlari bo‘yicha ma’lumotlar keltirilgan. Tadqiqot yakunida auditorlik faoliyatini 2025–2030-yillarda rivojlantirishning uch bosqichli modeli taklif etilgan bo‘lib, unda qonunchilikni takomillashtirish, raqamli audit tizimini joriy etish, xalqaro integratsiyani kuchaytirish hamda milliy auditorlik brendini shakllantirish masalalari ilgari surilgan. Natijada auditorlik xizmatlari sifati va hajmini oshirish, moliyaviy shaffoflikni ta’minlash hamda investorlar ishonchini mustahkamlashga erishish mumkinligi asoslab berilgan

Fields of Study & Subjects

Auditing Earnings Management Governance Accounting and Financial Management Accounting Theory and Financial Reporting

Publication details

Journal / source
Zenodo (CERN European Organization for Nuclear Research)
Publication date
28 February 2026